13 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Mahmud Istamov va boş prokurorning birinçi örinbosari Svetlana Ortiqova jurnalistlar uçun matbuot anjumani ötkazdi.  

Anjumanda qatnaşgan Kun.uz muxbiri muhokama mavzusidan kelib çiqqan holda, joylarda saylov uçastkalarining aksariyati umumiy örta ta'lim maktablarida joylaşgani va saylov uçastkalarini jihozlaş ham öşa maktab öqituvçilari zimmasiga tuşayotgani, bu holat qonunçilikka qançalik mos ekanligi borasida savol berdi.

«Haqiqatda bizdagi 75 foiz saylov uçastkalari maktablarda joylaşgan. Bu nafaqat Özbekiston, balki butun dunyodagi tajriba. Şuningdek, maktablarning infrastrukturasi ham saylovlarni ötkaziş uçun juda mos. 

Biz avvalgi saylovlardan farqli, bu galgi saylovda barça uçastkalarni keragidan ortiq jihozlaşni ta'minlay oldik.

Agar qayerdadir saylov uçastkalarini jihozlaş öqituvçilar zimmasiga tuşayotgan bölsa, bu noqonuniy holat. Biz bunday holatni aniqlasak, albatta tegişli çoralar köramiz. Çunki bunga extiyoj yöq, biz aytganimdek, barça uçastkalarni jihozlar bilan ta'minlab qöyganmiz», deya Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Mahmud Istamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.