13 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Mahmud Istamov va boş prokurorning birinçi örinbosari Svetlana Ortiqova jurnalistlar uçun matbuot anjumani ötkazdi.
Anjumanda qatnaşgan Kun.uz muxbiri muhokama mavzusidan kelib çiqqan holda, joylarda deputatlikka nomzod körsatişda qaysidir partiyaning amaldagi deputati yoki faolining joriy yilgi saylovlarda boşqa bir partiyadan nomzodi körsatilişi holati köp uçrayotgani, bu – saylovlarga mahalliy hokimliklarning aralaşuvini körsatmaydimi, mazmunida savol berdi.
«Savolingiz köproq partiyalarga tegişli deb öylayman. Çunki, nomzodlar ular tomonidan körsatiladi.
Şaxsni partiyaviyligini özgartişi böyiça qonunçilikda taqiq yöq. Çunki har bir odamni ğoyasi, qaraşlari özgarişi mumkinligi tabiiy holat. Bugun «adolatçi» ertaga «LiDePçi» bölişi mumkin.
Agar bu holatlar taşqi ta'sir asosida bölayotgan bölsa, javobgarlik bor. Bizga şu paytgaça deputatlikka nomzod körsatişga ijro hokimliklarining aralaşuvi bilan boğliq 41ta murojaat kelib tuşgan. Demak, şamol bölmasa, daraxtning uçi qimirlamaydi va bu holat bilan prokratura idoralari şuğullanadi.
Biz bunday holatlar bölyapti ham. Bölmayapti ham deyolmaymiz, çunki, qölimizda aniq dalil isbotning özi yöq», deya Markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Mahmud Istamovning sözlarini keltirmoqda sayt muxbiri.

















