Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunni ma'qulladi
Senatning 25-yalpi majlisida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ma'qullandi.
Hozirgi kunga qadar mamlakatdagi investitsion muhit “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida” va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar hamda yuzdan ortiq qonunosti hujjatlari bilan tartibga solib kelingan. Sohaning har bir yo‘nalishi turli qonunlar bilan nazorat qilingani investitsiya qonunchiligi samaradorligini pasaytirgan. Yangi qonun esa yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlarni birlashtiradi.
Ma'lum qilinishicha, o‘tgan yilda Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi 8,5 mlrd dollarni tashkil etgan. Shuningdek, joriy yilning hozirgi davriga qadar 2 mlrd 400 mln AQSh dollari investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p.
“Yakunlanayotgan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davomida vazirlik, idoralar hamda xususiy sektor vakillari tomonidan investitsiyalarni jalb qilishga oid tahlillar o‘tkazildi. AQSh, Kanada, Rossiya, Yaponiya va Janubiy Koreya davlatlari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki hamda Xalqaro valuta jamg‘armasi kabi moliya institutlari tajribasi asosida 12ta bob va 69ta moddadan iborat mazkur qonun hujjati ishlab chiqildi”, − deya Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yangi qonun mahalliy va xorijiy investorlar uchun bir xil huquqiy rejimni joriy etish, investorlar uchun huquqiy himoya choralarini qo‘llash, kamsitish (diskriminatsiya)ga yo‘l qo‘ymaslik, investitsiya kiritishda turli shakllardan foydalanishda davlat kafolatlarini berish, monopoliya vujudga kelishining oldini olish, korrupsiya elementlarini yo‘qotish, ma'naviy zararni qoplash va kompensatsiya kabi normalarni qamrab oladi.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026