Glassdoor rekruting servisi xodimlar talqini bo‘yicha eng yaxshi ish beruvchilari reytingini e'lon qildi. Glassdoor bunday reytingni 2008 yildan buyon tuzib keladi. Kompaniya o‘tkazadigan anonim so‘rovda ishtirokchilar o‘z ishxonalarini boshqalarga ham tavsiya qilgan bo‘larmidi yoki yo‘qmi degan savolga javob berishadi. Respondentlar rahbariyat faoliyati, kompaniya ichida mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish, maosh miqdori, korporativ madaniyat, ish va shaxsiy hayotdagi muvozanat kabi ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha baho berishadi. Bu yilgi so‘rovda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Singapur, Argentina, Meksika, Braziliyadan respondentlar qatnashdi.

AQShda 2020 yilning eng yaxshi ish beruvchisi deb HubSpot kompaniyasi topildi. Kanadada Microsoft, Buyuk Britaniya va Singapurda Google, Argentina va Braziliyada SAP yetakchilik qilmoqda. Nemislar Porsche, fransuzlar Amerikaning Salesforce kompaniyasini eng yaxshi ish beruvchi deb atashdi.  

Glassdoor eng yaxshi kompaniyalar orasidan o‘ziga xos ofisga ega bo‘lganlarini tanlab oldi.

HubSpot

Ofis joylashgan manzil: Kembrij (Massachusets, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 2006

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Firmaga xos malla rang, yog‘och panellar, tabiiy yoritish, hordiq chiqarish uchun yumshoq oromkursilar. Xodimlar bog‘da qahva yoki pivo ichishi mumkin

Ultimate Software

Ofis joylashgan manzil: Ueston (Florida, AQSh)

Tashkil etilgan vaqti: 1990

Faoliyat yo‘nalishi: IT

Batafsil: Basketbol maydonchasi, stol futboli, gumbazsimon shiftlar va kompaniya logotipi shaklidagi favvora

Google