Mazkur qonun bilan prokuratura organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari javobgarligini oşiriş maqsadida “Prokuratura töğrisida”gi va “Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida”gi qonunlardan mazkur organlar yuqori turuvçi mansabdor şaxslarining roziligi bilan ma'muriy javobgarlikka tortiş töğrisidagi normalar çiqarib taşlandi.
“Prokuratura töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 50-moddasiga (Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi) muvofiq hozirda prokuratura organlari xodimlarining ma'muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojöya xatti-harakat uçun javobgarligi masalasi yuqori turuvçi prokuror tomonidan hal etiladi. Yangi tahrirda esa sönggi band olib taşlangan. Endilikda prokuratura organlari xodimlarining ma'muriy huquqbuzarlik va intizomiy nojöya xatti-harakati uçun javobgarlikka tortişda rahbariyat roziligi talab etilmaydi.
“Özbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida”gi qonunining 37-moddasidan (Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatçilarining daxlsizlik kafolatlari) Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatçilari tegişinça Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri böyiça boşqarmalari boşliqlarining roziligi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilişi mumkinligi töğrisidagi norma çiqarib taşlanyapti.
Senatorlar mazkur özgarişlar prokuratura organlari va DXX xizmatçilarining mas'uliyatini oşirişga qaratilganini qayd etdilar.

















