Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada oq kukunli jo‘natma sababli sud zalidan 400 ga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
16 dekabrda Polshaning Katovitse shahridagi okrug sudi binosida oq kukun solingan jo‘natma va tahdid bildirilgan maktub aniqlangach, u yerdan 400 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi. Bu haqda Dziennik Zachodni nashri xabar berdi.
Keyinroq aniqlanishicha, shubhali modda oddiy un bo‘lib chiqqan.
Voqea joyiga 15 ta o‘t o‘chirish brigadasining 40 ga yaqin qutqaruvchisi yo‘llangan. Evakuatsiya o‘tkazilgach va yaqin ko‘chalar to‘silgach, bino kimyo mutaxassislari tomonidan ko‘zdan kechirib chiqilgan. Shubhali jo‘natma bo‘lgan xonadagi barcha odamlar izolyatsiya qilinib, tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:14 / 01.05.2025