Davlat taşqi qarzi ösişi yaxşimi yomonmi? - Moliya vaziri örinbosari bilan suhbat
|03:24 / 18.12.201942 9508 min
Iqtisodçi Behzod Hoşimov Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov bilan «Davlat qarzi va iqtisodiy taraqqiyot» mavzusida suhbat uyuştirdi. Vazir örinbosari intervyu davomida xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan bugungi kunda Özbekistondagi islohotlarga qanday yordam körsatilayotgani hamda bugungi kunda Özbekiston olayotgan katta qarzlar kelajakda qanday qaytarilişi haqidagi savollarga javob qaytargan.
— Sizningça, XVF va Jahon banki Özbekistonning hozirgi islohotlariga yetarliça yordam beryaptimi? Berilayotgan moliyaviy yordam kamdek körinmayaptimi? Biz köp pul söramayapmizmi yoki ular bermayaptimi?..
— Mening nazarimda yetarliça yordam berilyapti. Asosiy yordam - texnik kömak bölmoqda. Ayniqsa Xalqaro valuta jamğarmasi tomonidan fiskal va monetar siyosat uçun körsatilayotgan kömak bizdagi tizimni, metodologiyani, insonlarning könikmalarini oşirişga yordam beradi. Jahon banki ham texnik kömak körsatmoqda.
Qolaversa, moliyaviy kömak ham berilmoqda. Xususan, 2019 yilda berilgan kredit summasi böyiça mintaqada (Şarqiy Osiyo va Markaziy Osiyo) Turkiyadan söng ikkinçi örinda turamiz. Hozirda Özbekistonga yordam beriş borasida Jahon banki Osiyo taraqqiyot bankidan keyin ikkinçi örinda turibdi va uning yordam portfeli miqdori şu paytgaça bölgan vaqt davomida 3 mlrd dollarga yetib qoldi. Bu - loyihalarning özlaştirilgan qismi. Loyihalar jami 6-7 milliard dollardan köp. Osiyo taraqqiyot banki esa 4 mlrd dollarga yaqin. Bu ham özlaştirilgan qismi.
Bu katta summa. Bizning YaIM 2018 yilda 50 milliard dollar, 2019 yilda 60 milliard dollar. 3 milliard dollar Özbekiston YaIMining 5 foizi deganidir. Şu tomondan qaraganda bu katta summa. Biz 10 milliard dollar qarz olişimiz ham mumkin, lekin birinçi navbatda sifatga e'tibor berişimiz muhim.
— Davlat moliyasida pul köproq bölgani yaxşimi yoki yöqmi? Negaki, AQŞda konservativ iqtisodçilarda davlatda keragidan köp pul bölsa, bu yomon işlarni boşlab yuborişi mumkin degan tuşunça bor. AQŞ kontekstida bu uruş va hokazolarni anglatadi. Rivojlanmagan mamlakatlarda pul köpayib ketişi korrupsiya urçişi, har xil saroylar qurilişiga olib keladi. Şu ma'noda, hozir bizda pul köp bölsa, uni qayerga işlatişni bilamizmi, yoki bizda pul köp bölmagani ma'qulmi?
Mavzuga oid
— Sönggi uç yilda investitsiyalar hajmi oşdi, kreditlar olinişi ham oşdi. Bu ma'lumotlar oşkor qilib kelinmoqda. Umuman olganda raqamlar ança yuqori. Masalan, davlat qarzini aytadigan bölsak, davlat kafolatlagan qarzi va davlat töğridan-töğri olgan qarzi 2019 yil 1 iyul holatiga köra 13,174 mlrd dollarni taşkil qildi. Bu YaIMga nisbatan 23,2 foiz. Bu köp emas, mö'tadil. Lekin ötgan yil oxirida 9,8 mlrd dollar edi. Demak, 6 oy mobaynida davlat olgan kreditlar miqdori 3,4 mlrd dollarga ösdi.
Davlat moliyasida iloji boriça kerakli loyihalarga yetarli pul bölişi kerak. Bizda hozir yetarli. Loyihalarning soni, hajmi emas, sifatga e'tibor qaratiş kerak. Hozir 10 milliard dollarni olib, uni birdaniga işlatib bölmaydi. Har bir narsaning içiga kirib çiqiş kerak, yetti ölçab bir kesiş kerak, qarzga olingan har bir dollarga ehtiyotkorlik bilan yondaşiş kerak.
— Özbekiston jamoatçiligida şunday fikr bor - qarz yomon narsa. Ya'ni, qarz ösişini mamlakat iqtisodidagi muammolardan darak deb hisoblaşadi. Siz davlat taşqi qarzi ösişi haqida nima deysiz? Bu yaxşimi yomonmi?
— Birinçi navbatda qarz nimaga işlatilişiga e'tibor qaratiş kerak. Şu paytgaça biz taşqi qarzni iste'mol uçun işlatganimiz yöq, budjet defitsitini qoplaş uçun işlatmayapmiz. Biz taşqi qarzni asosan investitsiya loyihalariga işlatyapmiz. Bu loyihalar iş örinlari taşkil qiladi, bu yalpi içki mahsulot ösişiga ta'sir qiladi, kerak bölsa eksport ösişiga ta'sir qiladi.
Birinçi yarim yillikda 13,1 milliard dollarlik taşqi qarz bölgan bölsa, buning deyarli yuz foizi investitsiya loyihalariga jalb qilingan.
— Davlat qarz oldi. Masalan, XVFdan emas, Jahon bankidan. Maktablar qurdi. Bu iste'molmi yoki investitsiyami? Masalan, Jahon bankidagilar maktab qurişni, şifoxonalarni ta'mirlaşni, yöl infratuzilmasini yaxşilaşni inson kapitaliga investitsiya deyişadi. Siz aytayotgan zavod yoki boşqa qurilişlar uçun qarz oliş - köproq iste'molga öxşayapti. Çunki uning manfaatdorlari çeklangan doiradagi insonlardir. Undan köra pul budjetga işlatilgani yaxşiroqmasmi?
— Albatta, ijtimoiy loyihalarga ham kreditlar olib işlatilyapti. Masalan, yöl qurişga, içimlik suvi çiqarişga. Investitsiyalar dasturi böyiça işlar qilinyapti. Iste'mol va investitsiya orasidagi çiziq hamişa töğri çiziq bölmaydi.
Aytmoqçimanki, olingan kreditlarning aksar qismi loyihalarga jalb qilindi, ya'ni kredit olinib, davlatning turli xarajatlari işlatilmadi. Men köp davlatlarda işlaganman, 4-5 foizgaça budjet defitsitlari kuzatilgan. Sababini sörasangiz, bu köp hollarda ijtimoiy xarajatlar bilan boğliq. Maktab quriş, suv çiqariş yoki şifoxona quriş ijtimoiy xarajatlardir.
Özbekistonda 2019 yilda YaIM qariyb 60 milliard dollar bölsa, YaIM jon boşiga 1800-1850 dollar böladi. Ötgan yili 1500 dollar bölgandi. Bir yil içida 10 milliard dollarga ösadi.
Aytmoqçimanki, ijtimoiy infratuzilmani juda yaxşi saqlab turgan hukumatlardan biri hisoblanamiz. YaIM kişi boşiga 1800 dollar töğri keladigan boşqa mamlakatlarga borib körsangiz, ulardagi şaroit bizdagidan katta farqni köriş mumkin.
— Qarzni hukumatdagilar oladi. Lekin loyihalarni tuzgan odamlar bir kun kelib işdan ketişi mumkin va qarz xalqning böynida qoladi. Bolalarimiz tölamaydimi keyin u qarzni?
— Töppa-töğri. Xalq tölaydi. Lekin bitta narsani bilişimiz kerak. Hozirgi islohotlar. Juda keng kölamli islohotlar olib borilmoqda. Nafaqat iqtisodiyotda, balki boşqaruv sohasida, ta'lim sohasida, taşqi siyosatda. Islohotlar esa xarajatsiz bölmaydi.
Boya Polşani misol qilib keltirdingiz. 90-yillarda katta qarz olgan. 30 milliard dollar. Hozir Polşaga borib köring, rivojlangan mamlakatlardan kam joyi yöq. Çunki öşa paytda töğri islohotlar qilingan, xalqaro moliya institutlaridan, XVF, Jahon bankidan, Osiyo taraqqiyot bankidan, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan köp yordam olgan, nafaqat moliyaviy, balki katta texnik kömak olgan. Bu investitsiyalar oqimiga ijobiy ta'sir qilgan. Natijada, Polşa 20-25 yil içida yirik iqtisodiyotga aylandi va öz iqtisodiyotini töliq isloh qilişga örgandi.
Hozir Polşaning qarzi qança? Bu YaIMning 50 foiziga teng. Polşaning YaIMi 500 milliard dollar. Demak, ularda 250 milliard dollar qarz bor. Köp qismi 5 yillik, 10 yillik, 30 yillik.
Avvalo işonç kerak, mana şu islohotlar 10 yildan keyin yalpi içki mahsulotimiz 2 baravar ösişiga olib kelsa, jon boşiga YaIM 1,5 baravar oşsa, biznes iqlim yaxşilansa, iqtisodiyotimizdagi köp islohotlar meva bera boşlasa, ta'lim yaxşilansa, soğliqni saqlaş sohasi yaxşilansa, nima uçun qarzlarni kelajak avlod tölamasligi kerak? Polşadan boşqa misollar ham bor. Barçasi töğri yönaltirilsa, kelajakda holat albatta yaxşiroq böladi.
Biz 10 yilda, 15 yilda şunday respublikani yarata olsak, islohotlar mevasini bersa, qarzimiz ösişda davom etsa ham, 50 milliard dollarga yetsa ham, iqtisodiy salohiyatimiz ham ikki barobar oşsa, 120-130 milliard dollarlik iqtisodiyotni yarata olsak, nima uçun bundan qörqişimiz kerak?
Korrupsiya omilini ham inkor qilmasligimiz kerak. Barça loyihalar amalga oşirilişi doimiy nazorat ostida bölişi kerak. Bu judayam muhim omil.
Mening nazarimda qarz ösişidan jiddiy xavotirlanişga örin yöq.