Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafşon» zali Media hall’ida «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bölib ötmoqda.
Tadbirda adliya vaziri Ruslanbek Davletov jazoni ijro etiş muassasalarining Adliya vazirligi tizimiga ötkaziliş ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi.
«Jazoni ijro etiş muassasalari Adliya vazirligida emas, Içki işlar vazirligi tizimida töğri turibdi. Qamoqxona va koloniyalarning böysinuvi böyiça organ özgargani bilan tizim özgarib qolmaydi. Yaqin va örta kelajakda bu masala körib çiqilmaydi», – dedi Ruslanbek Davletov.

















