Toşkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yönalişida sodir bölgan yer öpirilişidan keyin bir neça kişi bedarak ketgan.
Voqea joyida bölgan Kun.uz muxbiri işçilardan biridan olgan ma'lumotga köra, u öz ukasini topa olmayapti. Unga ukasi va yana bir neça işçi tuproq ostida çiqarib olingani, jabrlanganlar şifoxonaga olib ketilgani haqida aytişgan. U tez orada yaqinlari bilan uçraşişga umid qilmoqda.
«Men hozir u qayerdaligini bilmayman. Şifoxonaga olib ketildi deyişdi. Borib bilamiz», degan u.
Şu bilan birgalikda, Kun.uz’ning Soğliqni saqlaş vazirligidagi manbasiga köra, avariya sodir bölgan vaqtdan buyon tez yordam maşinalarida biror kişi şifoxonaga olib borilmagan.
Bir neça soat oldin hodisa talafotlarini örganişga kirişgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozirça hodisa böyiça batafsil ma'lumot taqdim etmadi.
Kun.uz muxbirlarining voqea joyida qöşimça ma'lumot olişga bölgan urinişlari besamar bölmoqda.
OAVda avariya oqibatida kamida ikki kişi halok bölgani taxmin qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

















