«Bugun, 18 dekabr soat 10.00 atrofida Toşkent metropoliteni Yunusobod yönalişining yangi qurilayotgan qismida yomğirning surunkali yoğişi oqibatida taxminan 250 m3 tuproq öpirilib tuşdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toşkent şahar hokimligi, pudratçi quriliş taşkilotlarining kuç va vositalari yordamida yuzaga kelgan holat bartaraf etilmoqda.
Talafot va jabrlanganlar yuzasidan aniqlik kiritilmoqda hamda sodir bölgan holatning sabablari örganilmoqda», deyiladi FVV xabarida.
Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, hozirça hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.
«Xabar qilinganidek, Toşkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yönalişi qurilişida yer öpirilişi oqibatida avariya sodir böldi.
Voqea joyiga zudlik bilan tibbiyot xodimlaridan iborat tezkor brigadalar jalb qilingan. Hozirça hodisa oqibatida jarohatlanganlar yöq. Voqea guvohi bölgan 1975 yil tuğilgan qaşqadaryolik B.M. uşbu holatdan qattiq stressga tuşgan. Ayni paytda unga Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida sifatli tibbiy yordam körsatilmoqda.
Ayni vaqtda hududda qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev bergan xabarda.
Bundan avvalroq Yunusobod tumanida, «Megaplanet» yaqinida yer böşab tunnelni bosib qolişi oqibatida bir neça kişi tuproq ostida qolib ketgani taxmin qilinayotgani xabar qilingandi.


















