The Economist jurnali Özbekistonni 2019 yilda eng jadal sur'atda ösişga erişgan mamlakat deb topdi.

Boş tahririyati Londonda joylaşgan jurnal har yili demokratiyaga intilayotgan mamlakatlar orasidan bu yölda eng katta qadam taşlagan davlatni «Yil mamlakati» deb e'tirof etib keladi.

Naşr Özbekiston uç yil oldingidek yopiq davlat emasligi, majburiy mehnatga barham berilgani, «Jasliq» qamoqxonasining yopilgani, xorijlik jurnalistlarning kirişiga ruxsat berilgani, byurokratlarning kiçik biznes sub'yektlari işiga aralaşişi taqiqlangani, köproq çegara-ötkaziş punktlarining oçilgani va iqtisodiyotni qayta tiklaş uçun çet ellik ekspertlar jalb etilayotganiga e'tibor qaratgan.

The Economist, şuningdek, saylovoldi jarayonlarida deputatlikka nomzodlar hukumatni tanqid qilayotgani, bu avvallari tasavvur ham qilib bölmaydigan hol bölganini ta'kidlagan. Bundan taşqari, oddiy aholi vakillari ham saylov jarayonlari haqida qörqmay fikr bildira olayotgani qayd etilgan.

«Özbekiston hali uzoq yöl bosişi kerak, ammo heç qaysi bir davlat 2019 yilda Özbekistonçalik olğa qadam bosgani yöq», – deya xulosa qilingan naşr maqolasida.

Ma'lumot uçun, 1843 yildan buyon çop etiladigan «The Economist» hozirda dunyo böylab har hafta 800 mingdan ortiq nusxada naşr qilinadi.