Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi Özbekiston fuqarosi J.O.ning 2019 yil 17 dekabr kuni Antaliya şahridagi banklardan birining filialiga hujum qilgani va ikki nafar texnik xodimni garovga olgani töğrisida qator OAVda tarqalgan axborotni tasdiqladi. 

Taşqi işlar vazirligi xabarida aytilişiça, keyinçalik u huquqni muhofaza qiliş organlariga taslim bölgan.

Hozirda J.O.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan, 18 dekabr kuni Antaliya Jinoyat işlari böyiça sudida sud jarayoni boşlandi. Advokatlarning ayblanuvçi bilan uçraşişiga ruxsat berildi, biroq u konsullik yordami olişdan voz keçdi.

Elçixona Konsullik bölimi vaziyatni nazoratga olgan va Turkiyaning tegişli organlari bilan doimiy muloqotda bölib turibdi.

Konsullik huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Iroq, Ruminiya va JAR hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara şahridagi elçixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul şahridagi boş konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan.