Rasmiy ma'lumotlarga köra, Toşkent metrosining Yunusobod yönalişidagi quriliş işlari vaqtida röy bergan yer öpirilişi oqibatida 2 kişi halok bölgan, vazirlik qurbonlarning şaxsiga aniqlik kiritgan.

Ayni paytda tegişli vazirlik va idoralar tomonidan Toşkent metropoliteni Yunusobod yölining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan favqulodda holatni zudlik bilan bartaraf etiş işlari davom ettirilmoqda.

«Qidiruv va qutqaruv işlari natijasida tuproq ostidan ikki kişining jasadi olib çiqilgan va ularning şaxsi aniqlangan:
1.  J.Ravşanov, 1989 yilda tuğilgan.
2.  O.Abdullayev, 1989 yilda tuğilgan.

Hodisa sabablari va oqibatlarini örganiş va bartaraf qiliş işlari davom etmoqda», deyiladi FVV xabarida.

Bundan avvalroq, Kun.uz manbasi Yunusoboddagi metro qurilişida yuz bergan avariya joyida 3 kişining jasadi topilgani haqida ma'lum qilgandi.