Toşkent metrosining Yunusobod yönalişi qurilişi vaqtida röy bergan yer öpirilişi hodisasi oqibatida kamida uç kişi halok bölgani tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz’ga içki işlar vazirligi tizimidagi manba ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, avvalroq tuproq ostidan ikki kişining jasadi çiqarib olingandi, qidiruv-qutqaruv işlari davomida yana bir kişining jasadi topilgan.

Ayni vaqtda prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga köra, Yunusoboddagi avariya oqibatlarini bartaraf etiş böyiça hukumat komissiyasi tuzilgan. Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov raisligidagi komissiyaga sodir bölgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida örganiş, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etiş, jabrlanganlar va ularning oila a'zolariga yordam körsatiş hamda boşqa bir qator vazifalar yuklangan.

Bugun, 18 dekabr kuni soat 10:00 atrofida Toşkent metropolitenining Yunusobod yönalişi qurilişining oçiq uçastkasida tuproq öpirilişi röy berdi. Hozirça tuproq ostida jami neça kişi qolib ketgani haqida ma'lumot yöq.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yaqin vaqtlar içida hodisa oqibatlari haqida rasmiy ma'lumot berişi kutilmoqda.