Sun'iy yaratilgan muxolifat heç qaçon yaxşi natija bermaydi, deb hisoblaydi Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev.

Senator bu haqda «Yangi Özbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiridan söng Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytib ötdi.

«Meni muxolifatning yöqligi xavotirga solmayapti. Agar hozirgi zamonda qandaydir sun'iy muxolifat partiya paydo bölganda, mana şu meni xavotirga solgan bölardi.

Heç qaçon sun'iy taşkil qilingan yoki olib kelingan muxolifat partiyasi iş bermagan va bermaydi.

Muxolifat bu jamiyatning içki palagidan tabiiy ösib çiqişi kerak. Bu muxolifat xalqning orzu umidlarini ifodalay olişi kerak. Yana hukumat özi muxolifat partiyani ta'sis etişi kerak, degan ayrim fikrlarni eşityapman. Axir bu ğayritabiiy.

Bugungi parlament bugungi qonunlar asosida iş olib borişi kerak. Özbeklarda yaxşi bir gap bor – boriga bozor. Bugungi partiyalarimiz şu. Bugungi jarayonlar tahlil qilinişi, örganilişi kerak.

Bugungi debatlar, qarama-qarşi va keskin munozaralar. Aslida mana şu muxolifat ildiz otayotganining körsatkiç belgilari. Bizda endi vaziyat şunday bölişi kerakki, tabiiy ösib kelgan muxolifatga qarşilik bölişi kerak emas.

Kelajakda esa partiyalarni röyxatga oliş tizimini qayta körib çiqiş kerak. Bu mening şaxsiy fikrim», – deydi Safoyev.

Siyosatçi  Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti şu paytga qadar Özbekistondagi biror saylovga töliq delegatsiya bilan kelmagani va bu yilgi saylovlarda kuzatuvçilar soni oşganining sababi nimadaligi haqidagi savolga ham javob qaytardi.

«Bunga sabab, albatta, Özbekistondagi özgarişlar, islohotlarning samimiy ekanligi. Taşkilot vakillari mana şunga işonç hosil qildi va buning isbotini topmoqçi.

Men mamnuniyat bilan aytmoqçimanki, kuzatuvçilar fikrini ijobiy berişdi. Ular Özbekistonda huquqiy muhit özgarayotgani, debatlar bölayotganini e'tirof etişmoqda.

Ayrim jurnalistlar kuzatuvçilarning fikri tanqidiy böldi, deyişdi. Lekin men buni körmadim. Töğri, maqtalmagan, lekin holat obektiv körsatib berildi».