Jon Groganning ma'lum qilişiça, u Markaziy saylov komissiyasi ma'muriyati bilan uçraşgan. Saylovga tayyorgarlik jarayonlarini yuqori baholaydi.  

Uçraşuvdan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida Jon Grogan saylov jarayonining ahamiyati haqida öz fikrini bildirdi. 

«Mamlakat demokratiya tomon özgaça qadam taşlayapti. Yangi parlament va Senat beş yil avvalgidagiga qaraganda köproq kuçga ega böladi. Umid qilamanki, yangi parlament a'zolari – deputatlar yangi tayinlanadigan vazirlar yoki amaldorlarga siyosiy jihatdan juda muhim savollar bilan murojaat qilişadi. Bu öz navbatida davlat siyosati va uning kelajagiga ijobiy ta'sir körsatadi. Ularning ana şu imkoniyatdan foydalanişlariga umid qilaman», deya qayd etdi Jon Grogan.

Uning fikriga köra,Özbekiston aholisi sönggi uç yilda amalga oşirilgan özgarişlardan faxrlanişlari mumkin.

“Özbekistondagi özgarişlar jarayoni ana şu tezlikda saqlanib qolişi kerak. Bloger, jurnalist va ommaviy axborot vositalari siyosatçilarga muhim savollarni berib, ulardan hisob söraşi kerak.

Oxir-oqibat, Özbekiston mintaqaning markazi bölgani uçun mazkur özgarişlar nafaqat Özbekistonning özi uçun, balki uning qöşnilari uçun ham muhimdir.Qöşni mamlakat fuqarolari ham xuddi şunday özgarişlarga umid bilan qaraşyapti”, dedi Jon Grogan.