MDH davlatlarining 73 nafar vakili 17 noyabr kuni Özbekistondagi Prezidentlik saylovlarini kuzatiş uçun taşrif buyurdi. MDH missiyasi raisining sözlariga köra, Özbekiston Respublikasidagi saylovlar oçiq, şaffof, demokratik tamoyillarga muvofiq ravişda bölib ötdi. MDHning Özbekistondagi missiyasi saylovlarning taşkilotçilik jihatlariga alohida e'tibor qaratişdi va uning yuqori saviyada ötkazilganligiga urğu berişdi. Barça saylov uçastkalarida aniq va qonunçilikka töla rioya qilinganligini aytişdi. MDH missiyasi vakillarining aksariyati bundan avvalgi prezidentlik saylovlarida bölganliklari, bu safargisi esa oldinga taşlangan dadil qadam sifatida qayd etilganligini e'tirof etişdi. 

MDH missiyasi raisi Sergey Lebedev Özbekiston ommaviy axborot vositalarida saylov jarayonlarining yoritib borilişi, bu borada amalga oşirilgan işlar, jumladan, press-klubning oçilişini alohida ta'kidladi. U saylov davomida yuzlab onlayn-intervyular berib borilganiga diqqatni qaratdi. Jurnalistlar uçun saylovlarni yoritişga qulay texnik imkoniyatlar yaratib berilgan bölsa, partiya nomzodlari uçun öz dasturlarini bayon qiliş uçun töliq şaroit yaratilgani taraqqiyotdan darak berişini aytdi. 

Bundan taşqari, MDH missiyasi vakillari Özbekistondagi saylovçilarning faollik darajasini yuksak baholaşdi va bu özbek xalqining öz kelajagiga befarq emasligidan dalolat berişini ta'kidlaşdi. 

Vakillar, şuningdek, saylovda ilk marta iştirok etgan 18 yoşdagi fuqarolarga bölgan e'tiborni maqtovga sazovor deb atadi va bu yoşlarning hayotida bir umrga muhrlanib qoladigan muhim voqea bölib qolişiga umid bildirdi. 

Saylovni ötkazişda kamçiliklar deyarli bölmaganini e'tirof etdi. Yagona e'tiroz - ba'zi insonlarning özi bilan birga oila a'zolari pasportini olib kelganligi, lekin uçastka xodimlarining uyuşqoqligi natijasida bu holatga barham berilganligi aytildi. Misol sifatida bir yigitning xasta onasining pasportini özi bilan birga olib kelganligi, biroq saylov uçastkasidagilar özlari yigitning uyiga borib, onasining şaxsan özi ovoz berişiga erişişgani keltirildi. Şu bois bu holatni qonun buzilişiga kirmasligi ta'kidlandi. 

Saylovlarni ötkazişda prezidentlikka nomzodlarning yuqori madaniy saviyasiga urğu berildi hamda Özbekistondagi saylovlarni AQŞdagi prezidentlik saylovlari bilan qiyoslandi. Amerikalik nomzodlar bu borada Özbekiston nomzodlaridan ibrat olsa arzişi ta'kidlandi. Özbekistonda heç qanday qora "piar" bölmaganligi MDH missiyasi vakillarini quvontirganligi qayd etildi. 

"Hamdöst mamlakatning ana şunday yuqori saviyada Prezidentlik saylovlarini ötkazganligi bizni quvontirdi. E'tibor berib qaralsa, Özbekistondagi har bir partiyaning nomida demokratiya sözi iştirok etar ekan va bu juda yaxşi. Demak ular uçun xalqning xohiş-istaklari - birinçi örinda", - dedi mamnuniyat bilan Lebedev.