Ma'lum qilinişiça, Özbekistonning davlatlaro, hukumatlararo şartnomalari va parlamentlararo döstlik komissiyalarida belgilangan tartiblardan kelib çiqib saylovlarga taşrif buyuruvçi xalqaro kuzatuvçilar ikki toifaga bölinadi:

  • xorijiy davlatlardan keladigan, saylov qonunçiligiga qiziqadigan ekspertlar, mutaxassislar yoki xorijiy davlatlarning saylov komissiyasi a'zolari;
  • xalqaro taşkilotlarning kuzatuvçisi bölgan missiyalari.

«Biz saylov kompaniyalari boşlanganini e'lon qilganimizdan keyin, ular Taşqi işlar vazirligi orqali bizga saylovlarda qatnaşiş istagini bildirişadi. Uşbu murojaatlar asosida Markaziy saylov komissiyasi ularga taklifnoma yuboradi.

Xarajatlariga keladigan bölsak, agar şartnomalarda közda tutilgan bölsa, saylovlarga taşrif buyuradigan xalqaro taşkilotlar vakillarining xarajatlari ularning öz hisobidan qoplanadi. Şuningdek, boşqa davlatlar saylov komissiyalari vakillarining xarajatlari öşa davlatlar saylov komissiyalari tomonidan qoplanişi mumkin.

Ba'zan Özbekiston Respublikasi saylov sohasidagi közga köringan davlat arboblari va mutaxassislarni taklif qiladigan bölsa, ularning xarajatining bir qismi Markaziy saylov komissiyasiga ajratilgan mablağlar hisobidan ham qoplanişi mumkin», deya Xudoyor Mamatovning sözlarini keltirib ötmoqda Kun.uz muxbiri.