Suriyaning Halab şahriga monitoring missiyasini ötkaziş uçun xalqaro kuzatuvçilar kelişdi, deb xabar bermoqda BMTga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi. 

"Mahalliy va xalqaro xodimlardan iborat 31 kişi Ramusga (Halab tumanlaridan biri) kiraverişda turişibdi", deb ma'lum qildi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş böyiça boşqarmasi rasmiy vakili Yyens Lerke. Ramusda evakuatsiya punkti joylaşgan.

Avvalroq BMTning Suriya böyiça maxsus elçisi Yan Egelann xalqaro kuzatuvçilarga Suriyada himoya taqdim qilinişi kerakligini aytgandi. Uning aytişiça, bu 31 nafar kuzatuvçi hozirda şarqiy Halabda bölgan 100 nafar xodimga qöşiladi.

BMT Xavfsizlik kengaşi 19 dekabrda Halabdan tinç aholini evakuatsiya qilişni monitoring qiliş uçun xalqaro kuzatuvçilarni joylaştiriş hamda aholiga gumanitar yordamni yetkazişga imkon beriş va tibbiy muassasalarni himoya qilişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qilgandi.