O‘zbekiston | 12:36 / 22.12.2019
11147
2 daqiqa o‘qiladi

Saylov o‘tgan deb hisoblanishi uchun necha foiz saylovchi ovoz berishi kerak?

Har bir ovoz muhimligi qonuniy asoslarga ham ega. Xo‘sh, saylovlar ishtirokchilar soni bo‘yicha bo‘lib o‘tgan deb hisoblanmasligi mumkinmi? 

Biz bu savol bilan Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Gulnoza Ismoilovaga murojaat qildik:

– Albatta, saylovlar haqiqiy, bo‘lib o‘tgan deb hisoblanishi uchun ma'lum miqdorda ovoz berilishi shart. O‘zbekiston Respublikasini saylov kodeksining “Saylov natijalarini belgilash”ni nazarda tutuvchi 96-moddasida “Saylov, agar unda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, o‘tmagan deb topiladi”- degan alohida band bor. Demak, saylovlar bo‘lib o‘tgan hisoblanishi uchun saylovchilarning kamida uchdan biri ovoz berishlari kerak bo‘ladi. Ishonamizki saylovchilar ilk soatlardayoq bu ko‘rsatkichni ortda qoldiradilar, chunki dastlabki ma'lumotlar shundan darak bermoqda –, deya javob berdi G. Ismoilova.

Mavzuga oid