Nukus şahridagi maktablardan birida öqituvçi bölib işlaydigan G.P. internet tarmoği orqali «Mark Robert» ismli şaxs bilan tanişib qoladi. Notaniş şaxs unga AQŞda joylaşgan nufuzli kompaniyaga işga kiritib qöyişini aytib, işonçiga kiradi.

Postda.uz’ning xabar berişiça, sodda va işonuvçan yurtdoşimiz iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yölkira va boşqa «xarajatlar» uçun jami 165 million 323 ming söm pul mablağini xalqaro pul ötkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga ötkazib yuboradi. Tabiiyki, firibgar şu kunga qadar bergan «va'da»sining ustidan çiqmaydi.

Ayni paytda jinoyatni sodir etgan şaxsni aniqlaş va uşlaş çoralari körilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.