09:36 / 23.12.2019
0
32641

Olmaota - Toshkent yo‘lida 80 kishi evakuatsiya qilindi

Foto: caravan.kz

Joriy yilning 22 dekabr kuniga o‘tar kechasi Olmaota - Toshkent - Termiz trassasida yo‘lovchi avtobusi va bir nechta avtomobillar yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi.

«Kazavtojol» davlat korxonasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ular ob-havo sharoiti yomonlashgani tufayli harakatlanishni to‘xtatishga majbur bo‘lishgan.

Shu bilan birga, yo‘lovchi avtobusi yo‘ldan chiqib ketgani aytilmoqda.

Yo‘ldan foydalanish bo‘yicha uchastkalar xodimlari tomonidan yo‘lovchi avtobusida bo‘lgan 36 kishi va yengil avtomobillardan 44 kishi Turkiston viloyati Shakpak bobo qishlog‘iga evakuatsiya qilindi.

«Respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida, noqulay ob-havo sharoitida Aqto‘be, Sharqiy Qozog‘iston, Jambil, Turkiston viloyatlarida vaqtincha cheklovlar joriy etildi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top