Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. 

Hujjatga muvofiq, “BMB Trade group” (Özbekiston) va “Natsionalnaya rezervnaya korporatsiya” (Rossiya Federatsiyasi) kompaniyalarining Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksinn barpo etiş maqsadida mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “BMB-NRC Agrologistics” Özbekiston-Rossiya qöşma korxonasi taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Taklifda quyidagilar nazarda tutilgan:

xorijiy investorlar mablağlarini jalb qiliş hisobiga 10 ming tonna siğimga ega bölgan muzlatkiçli kameralar va omborlar taşkil etiş hamda şok usulda muzlatiş, qayta işlaş, kalibrlaş, saralaş, qadoqlaş va meva-sabzavotlarni quritiş uskunalarini örnatiş;

meva-sabzavot va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş, şuningdek, bojxona, bank, logistika, ekspress-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, sertifikatlaştiriş va boşqa xizmatlarni “yagona darça” tamoyili böyiça körsatiş, Rossiya Federatsiyasi va boşqa xorijiy davlatlar bozorlariga höl va qayta işlangan tayyor mahsulotlarning eksportini amalga oşiriş;

xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari mablağlarini jalb qiliş va boşqa manbalar hisobiga qişloq xöjaligi mahsulotlarini birlamçi va çuqur qayta işlaş hamda jamğarişni taşkil etiş, şuningdek, raqobatbardoş mahsulotlarni işlab çiqariş. 

Qaror bilan ‘'Jizzax viloyatida zamonaviy agrologistika kompleksini taşkil etiş” loyihasini amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” tasdiqlandi. 

Bojxona rasmiylaştiruvi tartib-taomillarini tezkor amalga oşiriş hamda agrologistika kompleksi hududida barça turdagi xizmatlar “yagona darça” tamoyili asosida körsatilişini ta'minlaş maqsadida bir oy muddatda agrologistika kompleksi hududida:

Davlat bojxona qömitasi bojxona hujjatlarini rasmiylaştiriş va beriş punktini;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi - ösimliklar karantini sohasida ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştiriş va beriş punktini;

Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi va “Özstandart” agentligi - xalqaro standartlarga muvofiq oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlarini tölaqonli sinovdan ötkaziş hamda tegişli sertifikat va sanitariya-epidemiologiya ekspertizasi xulosalarini berişni ta'minlovçi zamonaviy sinov laboratoriyasini;