Rossiyaning Irkutsk oblastidagi örmon sanoati xodimlariga möljallangan yotoqxonada yuz bergan yonğin oqibatida halok bölganlar soni ikki kişiga yetdi. Bu haqda munitsipalitet rahbari Valeriy Ornoyev xabar berdi, deb yozmoqda TASS.
Xabarda qayd etilişiça, bundan oldin bir kişi halok bölgani va olti nafar şaxs jarohat olgani haqida ma'lumot berilgan edi.
Ikki nafar qurbon ham Özbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Ornoyevning sözlariga köra, yonğin röyxatdan ötmagan binoda sodir bölgan.
25 dekabrga ötar keçasi Zalari qişloğida yotoqxonaning yoğoçdan qurilgan ikkita inşootida yonğin sodir böldi. U yerda 15 kişi istiqomat qilgan. Qutqaruvçilar oçiq yonğinni bartaraf etişdi, yonğin maydoni 350 kvadrat metrni taşkil etdi.
Hodisa natijasida olti kişi jabrlandi. Ulardan beş nafari kasalxonada, bir kişi oğir ahvolda, deya xabar berdi oblast soğliqni saqlaş boşqarmasi. Yana bir jabrlanuvçiga ambulator davolanişga ruxsat berilgan.

















