Ernst & Young (EY) kompaniyasiga Özbekiston qimmatli qoğozlar bozorida konsultativ xizmatlar körsatiş uçun litsenziya berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Uşbu litsenziya bilan EY Özbekiston aksiyadorlik jamiyatlariga qimmatli qoğozlarni çiqariş, joylaştiriş va ularning muomalasi böyiça professional maslahat beriş, qimmatli qoğozlar bozori va uning iştirokçilarining holatini tahlil qiliş hamda prognoz qilişda iştirok etiş imkonini beradi.

Bundan taşqari, taşkilot qimmatli qoğozlar bozorida mutaxassislarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, şuningdek, mijozlarning hisobotlarini tayyorlaş imkoniyatiga ega böladi.

Ernst & Younğga litsenziyani Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi direktori Otabek Nazirov 25 dekabr kuni Toşkentda, kapital bozorini rivojlantirişning 5 yillik strategiyasi muhokama qilingan tadbirda topşirdi.

Hozirgi kunda Özbekistonda sarmoya masalalari böyiça konsultant litsenziyasiga ega 40dan ortiq kompaniyalar faoliyat yuritmoqda.

Ernst & Young – Deloitte, KPMG va PwC`lar qatorida «katta törtlik»ka kiruvçi eng yirik auditorlik kompaniyalaridan sanaladi. Noyabr oyida KPMG ham Özbekistonda investitsion konsultant litsenziyasini olgan edi.