Ta'lim tashkilotlari, pedagog xodimlar, ta'lim oluvchilar, ta'lim-tarbiya jarayoni va boshqa zarur axborotlar to‘g‘risida yagona ma'lumotlar bazasidan iborat axborot tizimi joriy etiladi.

Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e'lon qilingan qarori loyihasida aytilishicha:

2018-2021 yillar uchun YuNeSKO va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandumda Oliy ta'lim sohasida malakani tan olish bo‘yicha Osiyo – Tinch okeani mintaqaviy konvensiyasining (Tokio konvensiyasi) O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi yuzasidan ustuvor maqsad belgilangan;

Tokio konvensiyasi chet davlatlarda pedagog xodimlar, tadqiqotchilar va talabalarning chegaralararo mobilligi masalasini siyosiy va amaliy jihatdan uyg‘unlashtirish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan hujjat bo‘lib, unga a'zo bo‘lishning asosiy shartlaridan biri a'zolikka da'vogar davlatda Milliy axborot markazi (National information center) tashkil etilishi hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Maktabgacha ta'lim vazirligining ta'lim tashkilotlari, pedagog xodimlar, ta'lim oluvchilar, ta'lim-tarbiya jarayoni va boshqa zarur axborotlar to‘g‘risida yagona ma'lumotlar bazasini shakllantirishni o‘z ichiga olgan ta'lim sifatini ta'minlovchi quyidagilardan iborat “Uzluksiz ta'lim” axborot tizimini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin:

a) Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta'lim sohasi faoliyatini maqbullashtirgan holda avtomatlashtirishni nazarda tutadigan – “Maktabgacha ta'limni boshqarish axborot tizimi”;

b) Xalq ta'limi vazirligi hamda tizimida tegishli ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim sohasi faoliyatini maqbullashtirgan holda avtomatlashtirishni nazarda tutadigan – “Umumiy o‘rta ta'limni boshqarish axborot tizimi” va “Maktabdan tashqari ta'limni boshqarish axborot tizimi”;

v) Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan:

o‘rta maxsus ta'lim sohasi faoliyatini maqbullashtirgan holda avtomatlashtirishni nazarda tutadigan – “O‘rta maxsus ta'limni boshqarish axborot tizimi”;

tizimida boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar faoliyatini maqbullashtirgan holda avtomatlashtirishni nazarda tutadigan – “Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta'limni boshqarish axborot tizimi”;