25 dekabrga ötar keçasi Rossiyaning Irkutsk oblasti Zalari qişloğida joylaşgan örmonçilar yotoqxonasida yonğin röy berişi oqibatida Özbekistonning ikki nafar fuqarosi halok bölgan. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Novosibirskdagi boş konsullikka asoslanib bu ma'lumotni tasdiqladi.
Voqea joyidan 13 kişi evakuatsiya qilingan, ularning ikki nafari şifoxonaga joylaştirilgan, tört nafariga tibbiy yordam körsatilgan va ular ayni vaqtda ambulator da'volanmoqda. TIV xabarida jabrlanganlar orasida özbekistonliklar bor yoki yöqligi aniq keltirilmagan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Irkutsk oblasti böyiça boş boşqarmasi ma'lumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 03:41da yonğin haqida xabar kelib tuşgan. Yonğin maydoni 350 kvadrat metrni taşkil etgan. Barça jabrlanuvçilar — örmon kesuvçi korxona xodimlari bölişgan. Yonğin sabablari hozirça aniqlanmagan.
TIV xabariga köra, boş konsullik vaziyatni öz nazoratiga olgan va Sibir federal okrugi hamda Irkutsk oblasti hokimiyatidagilar, şuningdek, tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqada bölib turibdi.
Sibir federal okrugi hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirskdagi boş konsullikka quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkin: +7−383−246−04−85, +7−383−246−04−84, +7−383−246−04−63, +7−383−246−04−64.

















