Afğonistonda oxirgi ön yillikda teraktlar va jangovar harakatlar vaqtida tinç aholi orasidan 100 mingdan köproq kişi öldirilgan yoki yaralangan. Bunday ma'lumotni BMT boş kotibining Afğonistondagi maxsus vakili, BMTning Afğonistonga kömak beriş missiyasi rahbari Tadamiçi Yamamoto keltirib ötdi.
“2009 yildan hozirga qadar tinç aholi orasidan halok bölganlar va jarohatlanganlar soni 100 ming kişidan oşib ketdi”, deb keltirgan Yamamotoning sözlarini Asharq Al-awsat naşri. BMT vakilining ta'kidlaşiça, bu odamlar BMTning Afğonistonga kömak beriş missiyasi 2009 yilda tinç aholi orasidagi qurbonlarni qayd qila boşlagandan keyin öldirilgan yoki yaralangan.
Şu munosabat bilan Yamamoto barça manfaatdor tomonlarni Afğonistonda zöravonlikni zudlik bilan töxtatişga va tinçlikka erişişga çaqirgan.

















