Markaziy bank Özbekistonning 2019 yil 9 oyi uçun tölov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va taşqi qarzi böyiça naşriga qisqaça ma'lumot bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, 2019 yilning 9 oyi davomida Özbekiston tölov balansi körsatkiçlarining şakllanişiga taşqi qarzdorliklarning ortişi, töğridan-töğri investitsiyalarning jalb qilinişi hamda ular böyiça «yiğilib qolgan» majburiyatlarning söndirilişi va kelib tuşayotgan transçegaraviy pul ötkazmalarining ösişi kabi omillar öz ta'sirini ötkazdi.

Yuqorida keltirilgan omillarning ta'siri ostida tölov balansining joriy hisobi 1,4 mlrd. dollarga teng defitsitni körsatdi. Bunda, savdo balansi va xalqaro xizmatlarning manfiy saldosi (6,1 mlrd. doll.) birlamçi va ikkilamçi daromadlarning musbat saldosi (4,7 mlrd. doll.) bilan qisman qoplandi.

Şu bilan birga, moliyaviy hisobning manfiy saldosi rezidentlar moliyaviy majburiyatlarining köpayişi (6,1 mlrd. doll.), şuningdek rezidentlar tomonidan moliyaviy aktivlarning sotib olinişi (1,3 mlrd. doll.) natijasida 4,8 mlrd. dollarni taşkil qildi. Bunda, rezerv aktivlari 662 mln. dollarga köpaydi.

Özbekistonning sof investitsion pozitsiyasi joriy yilning 1 oktyabrida 13,7 mlrd. dollarni taşkil qildi. Bunda, qolgan mamlakatlarga nisbatan davlat boşqaruvi va bank sektorlari «sof kreditorlar», boşqa sektorlar esa «sof qarzdorlar» hisoblanadi.

Özbekistonning jami taşqi qarzi joriy yilning 1 oktyabrida 21,5 mlrd. dollarni taşkil qilgan bölib, undan 13,8 mlrd. dollari davlat sektorining qarzlari, 7,7 mlrd. dollari xususiy taşqi qarz hisoblanadi.