Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondagi aviahalokatda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q - TIV
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2019 yilning 27 dekabr kuni Olmaota shahri aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokatda halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, Z92100 reysi bilan Olmaota – Nur Sulton yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan samolyotning qulashi oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
Vaziyat bosh konsulxona nazoratida ekani aytiladi.
Bundan oldin, Olmaotadan Nur Sultonga parvoz qilgan samolyot halokatga uchragani xabar berilgandi. Bek Air aviakompaniyasining samolyoti bortida 100 kishi bo‘lgan.
Hodisa ro‘y bergan joyda - Olmaota aeroportiga yaqin hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 14 kishi halok bo‘lgan.
Qozog‘iston bosh vazirining topshirig‘iga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2025
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
16:39 / 09.12.2025
Ivanovo yaqinida An-22 harbiy samolyoti halokatga uchradi
23:08 / 03.12.2025
Malayziya MH370 reysi yo‘qolganidan 10 yil o‘tib, uni qidiruv ishlarini yana davom ettiradi
15:18 / 01.12.2025