Jamiyat | 12:20 / 28.12.2019
14576
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda temir yo‘l stansiyasining ikki ishchisi o‘rtasidagi janjal fojiali tugadi

Foto: Tergov departamenti

2019 yil 21 dekabr kuni taxminan soat 01:30larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Qangli” OFY hududida, temir yo‘l stansiyasining ikki ishchisi 36 yoshli T.G. va 28 yoshli E.T. o‘zaro janjallashib qolgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, janjal vaqtida T.G. qo‘l va oyoqlari bilan fuqaro E.T.ning tanasi turli qismlariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada E.T. bosh miya og‘ir jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro T.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida T.G.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid