Xususiy bandlik agentliklari tomonidan Latviya va Litvaga yuborilgan va qiyin vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolarining videomurojaati OAVda tarqaldi.
Şu munosabat bilan mamlakatning Latviyadagi elçixonasi mazkur vaziyat nazoratda ekanligini ma'lum qildi.
Taşqi işlar vazirligi axborotida aytilişiça, ayni paytda Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda muammoning yeçimi ustida iş olib borilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Latviya, Litva, Estoniya, Finlyandiya va Norvegiya hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Riga şahridagi elçixonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatgan: +371 67-32-24-24, +371 67-32-23-46.

















