Özbekiston Respublikasi hukumatining kömagi bilan, 29 dekabr kuni “Özbekkino” va 10ta milliy telekanal “Ötkan kunlar” filmining töliq versiyasini namoyiş qiliş aksiyasini ötkazadi. Bu haqda “Özbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maşhur yozuvçi Abdulla Qodiriyning romani asosida yaratilgan uşbu film namoyişi yozuvçi tavalludining 125 yilligiga bağişlanadi.
“Joriy yilda Prezidentimizning taşabbuslariga köra, 1969 yilda rejisser Yöldoş A'zamov tomonidan yaratilgan “Ötkan kunlar” filmining töliq versiyasi negativ plyonkadan qayta tiklanib, raqamli formatga ötkazildi va 2019 yil 7 dekabr kuni Özbekistonga taqdim etildi. Taniqli hamyurtimiz, maşhur xayriyaçi Alişer Usmonovning beminnat kömagida amalga oşirilgan misli körilmagan bu tadbir, milliy kinematografimizning durdona asarlarining raqamli formatga ötkazilgan versiyasini Rossiya kinofondidan qaytarib olib keliş milliy loyihasining navbatdagi bosqiçi böldi. Şu sababdan, "Özbekkino" Milliy agentligi hamyurtimiz Alişer Usmonovga özbek xalqiga qilingan uşbu bebaho sovğa uçun öz minnatdorçiligini bildiradi”, deyiladi xabarda.
Film namoyişi tong soat 8 da davlat va nodavlat telekanallarda quyidagi tartibda boşlanadi:
1. «Özbekiston» telekanali 21.40 (özbek tilida)
2. «Yoshlar» telekanali 10.20 (özbek tilida)
3. «Mahalla» telekanali 18.30 (özbek tilida)
4. «Oilaviy» telekanali 13.10 (rus tilida)
5. «Madaniyat va ma‘rifat» telekanali 15.10 (özbek tilida)
6. «Kinoteatr» telekanali 16.40 (özbek tilida) va 20.10 (rus tilida)
7. “Sevimli” TV 10.00
8. “Mening yurtim” TV 22.30
9. “Zör” TV 11.00
10. “Milliy” TV 8.00

















