O‘zbekiston | 08:55 / 30.12.2019
4214
4 daqiqa o‘qiladi

«Navoiy KMK»da mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshiriladi - hukumat qarori

Foto: Jihoz-vent.uz

Vazirlar Mahkamasining “Navoiy KMK” davlat korxonasining 2020-2021 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va “Navoiy KMK” davlat korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan va quyidagilarni o‘z ichiga olgan “Navoiy KMK” davlat korxonasining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi tasdiqlandi:

importni 152,0 mln AQSh dollariga qisqartirishga yo‘naltirilgan import hisobiga olib kiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobiga importni qisqartirishning maqsadli parametrlari, shu jumladan:

“Navoiy KMK” DK o‘zining ishlab chiqarish quvvatlarida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 3,3 barobarga ko‘paytirish hisobiga importni 76,2 mln AQSh dollariga qisqartirish imkonini beradigan, import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati;

import o‘rnini bosuvchi 40 dan ortiq mahsulot turlarini o‘zlashtirish hisobiga importni 75,8 mln AQSh dollariga qisqartirishni nazarda tutuvchi, tarmoqlararo kooperatsiya doirasida mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari ro‘yxati.

Quyidagilar:

2020-2021 yillarda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan o‘zlashtirilishi tavsiya etiladigan “Navoiy KMK” DKning asosiy faoliyati uchun importdan keltiriladigan tayyor mahsulot turlari, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ro‘yxati ma'qullandi;

“Navoiy KMK” DK tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar parametrlarini va o‘zlashtiriladigan mahsulotlar sifatini talab darajagacha yetkazishda, konstruktorlik va texnologik ishlarini kuzatib borishda ko‘maklashish bo‘yicha kichik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ro‘yxati;

“Navoiy KMK” DKda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish. Mexanik yig‘ish sexini texnik va texnologik qayta jihozlash (I-bosqich)” loyihasi doirasida ishchi hujjatlarda nazarda tutilgan uskunalar ro‘yxat bo‘yicha xarid qilinadi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Navoiy KMK” DK bilan birgalikda:

qaror bilan tasdiqlangan 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning prognoz hajmlarini ta'minlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tarmoq jadvallarini bir hafta muddatda;

tarmoqlararo kooperatsiya doirasida mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni bir oy muddatda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Navoiy KMK” DK tomonidan import qilinadigan mahsulotlarning mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish yuzasidan takliflarni shakllantirib boradi.

Respublikadagi yirik sanoat korxonalari - importyorlar, shu jumladan “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dastur misolida o‘zlarining mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish tavsiya etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid