Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasida doimiy va vaqtinça propiska qiliş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» qarori qabul qilindi.

«Huquqiy axborot» kanaliga köra, qarorda fuqarolarni doimiy va vaqtinça propiska qiliş, turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibini soddalaştiriş yuzasidan, jumladan, quyidagilar belgilandi:

• fuqarolarni propiska qiliş, propiskadan çiqariş va turgan joyi böyiça hisobga oliş yaşaş joyiga yaqin va ularga qulay bölgan xohlagan tuman (şahar) IIBlari tomonidan amalga oşiriladi;

• fuqarolarni propiska qiliş yoki turgan joyi böyiça hisobga olişda uy-joy mulkdorlari şaxsan iştirok etişi talab qilinmaydi, hujjatlar ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi;

• fuqarolar yangi yaşaş joyiga kelganda doimiy propiska qiliş yoki turgan joyi böyiça hisobga oliş uçun hujjatlarni taqdim etiş muddati 10 kungaça uzaytirildi.

Mazkur qaror bilan, Özbekiston fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş, propiskadan çiqariş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibi töğrisidagi nizom ham tasdiqlangan.

Nizomga köra, doimiy propiskaga ega böliş va turgan joylari böyiça hisobda turiş uçun fuqarolar DXMlarga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qilişlari ham mumkin.

Davlat xizmatlari körsatiş uçun BHMning 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.

Qarorga köra, fuqarolarni turgan joyi böyiça hisobga oliş sohasida davlat xizmatini körsatiş tajriba tariqasida Toşkent şahrining Bektemir va Çilonzor tumanlarida, 2021 yil 1 yanvardan boşlab esa respublika miqyosida faqat DXMlar orqali amalga oşiriladi.

Şuningdek, çet el fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy va vaqtinça propiska qiliş tartibi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi. Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliniş huquqiga ega bölgan şaxslar — çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar toifalarining röyxati ham tasdiqlandi.

Qayd etiş joizki, hukumatning mazkur qarorida poytaxt va Toşkent viloyatida doimiy propiskasiz ikkilamçi bozordan uy sotib olişga ruxsat beriş töğrisida yengillik beriş nazarda tutilmagan.