Angola sudi mamlakat sobiq prezidenti Joze Eduardu duş Santuşning qizi – 2,3 mlrd dollar boylikka ega 46 yoşli Izabel duş Santuşning aktivlari va bankdagi hisobraqamlariga taqiq qöydi.

Xususan, duş Santuşning Unitel telekommunikatsiya kompaniyasi va Fomento Angola bankidagi uluşlariga taqiq qöyildi. 

BBC News xabar berişiça, bu korrupsiyaga qarşi tergov işlari bilan boğliq. Amaldagi prezident Juan Lorensuning ma'muriyati duş Santuşga tegişli 1 mlrd dollarni qaytarib olişga urinmoqda. Hukumatning fikriça, u bu boylikka noqonuniy ravişda erişgan.

Forbes jurnalining yozişiça, duş Santuş Afrikadagi milliarderlar reytingida sakkizinçi, eng badavlat ayollari reytingida esa birinçi örinda turadi. Uning otasi 1979 yildan 2017 yilgaça Angolaga prezidentlik qilgan.