Yaponiyada uy qamoğida uşlangan Nissan’ning sobiq rahbari Karlos Gon Kunçiqar mamlakatdan musiqa asbobi ğilofida olib çiqib ketilgan. Uning Livanga qoçişini xususiy harbiy kompaniya xodimlari amalga oşirgan. Bu haqda Livanning MTV telekanaliga iqtibos keltirgan holda Gulf News naşri xabar berdi.
Gon Yaponiyani 30 dekabrda tark etişga muvaffaq bölgan. Uning Tokiodagi uyiga yollanma şaxslar guruhi yangi yil bilan tabriklaş bahonasida musiqaçilar körinişida kirib, uni musiqa asbobi ğilofida olib çiqib ketişgan. Yaponiya xavfsizlik xodimlari esa şubhali heç narsa sezişmagan.
Söngra Gon kiçikroq aeroportga olib borilib, u yerdan Turkiyaga, söngra xususiy samolyotda Livanga uçib ketgan. Gon Yaponiya çegarasini qonuniy ravişda kesib öta olmagan, çunki uning Livan, Fransiya va Braziliya pasportlari uning advokatlarida bölgan.
Ma'lum qilinişiça, Livanda Gon prezident Mişel Naim Aun bilan uçraşib, davlatdan xavfsizlik kafolatini olgan. Ta'kidlanişiça, Livan fuqaroligiga ega bölgan Nissan’ning sobiq rahbari Livanda katta hurmatga ega. Bundan taşqari, Livan va Yaponiya örtasida ekstraditsiya haqida kelişuv yöq.
Gonning özi 31 dekabrda Livanda ekanligini tasdiqlagan va “adolatsiz yapon sudi asirida boşqa qolişni istamagani”ni aytgan.
Yaponiyada moliyaviy firibgarliklarda ayblangan Gon 2018 yil kuzida hibsga olinib, 2019 yil martida garov puli evaziga ozodlikka çiqarilgan. Unga Yaponiyani tark etiş va rafiqasi bilan muloqot qiliş taqiqlangan edi. U Yaponiyada 80 mln dollarlik daromadni yaşirişda ayblanmoqda.

















