2020 yil 1 yanvaridan Özbekistonda YPX xodimlari xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oşkora olib borişi tartibi amal qila boşladi.

Endilikda haydovçilar bodikamerasi bölmagan YPX xodimiga hujjat körsatmaslik huquqiga ega.

Öz navbatida, YPX xodimi yöl harakati qatnaşçilariga mobil videokameradan foydalanayotganini ma'lum qiliş va noqonuniy xatti-harakatlar sodir etsa, aybini isbotlaş uçun videoyozuvdan foydalanişi mumkinligi haqida ogohlantirişga majbur.

Şu maqsadda Xitoyning «Xaytera» kompaniyasidan 6 ming 193ta bodikamera sotib olingan. Şulardan 2 ming 876tasi Toşkent şahri uçun ajratilgan.

Kamera kunduzi 25-30 metrgaça masofadagi obektni tasvirga ola oladi va ma'lumotlar bir oygaça saqlanadi. Undagi infraqizil yoritiş qurilmasi esa tungi vaqtda 10 metrlik masofani yoritib, videoga oliş imkonini beradi.

Qurilma bir marta quvvat olganda uzluksiz 8 soat işlaydi. Bodikamera quvvati tugaganda YPX xodimi uni avtomatik quvvatlagiçga ulagan holda faoliyatini davom ettirişi mumkin.

Bodikamerani YPX xodimi boşqarmaydi va uni öçiriş imkoniga ega emas. Barçasi markaziy server orqali nazorat qilinadi. Moslama korpusi oçilmasligi uçun maxsus himoya bilan jihozlangan.