YPX xodimlari bodikameradan foydalangan holda xizmat o‘tashni boshladi. IIV eslatma bilan chiqdi

Foto: IIV axborot xizmati
2020 yilning 1 yanvar kunidan Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining barcha YPX xodimlari xizmatni mobil kameradan foydalangan holda o‘tashni boshladilar.
IIV YHXBB axborot xizmatining eslatishicha, YPX xodimi to‘xtatib muloqotga kirishganda, mazkur muloqot mobil kameraga yozib olinadi, kelgusida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilsa, aybni isbotlash uchun videoyozuvdan foydalanilishi mumkin.
Bildirilishicha, xodimlar tomonidan foydalanilayotgan mobil kameralar, xodimning yo‘l harakati ishtirokchilari bilan o‘zaro muloqotini tasvirga olib, ushbu muloqotning samimiy, xushmuomalalik asosida bo‘lishiga hamda ziddiyatli va noxush vaziyatlarni, shuningdek, korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
Ayrim hollarda esa xodimning xatti-harakatlari ustidan ariza va shikoyatlar bildirilganida, ushbu videoyozuvlar holatga oydinlik kiritishga yordam beradi.
IIV YHXBB axborot xizmati fuqarolardan kelayotgan ayrim savollarga to‘xtalib o‘tdi:
mobil kameradan YPX xodimning yo‘l harakati qatnashchisi bilan muloqotini tasvirga olish uchun foydalaniladi;
YPX xodimi haydovchiga, uning sodir etgan qoidabuzarligining videotasvirini ko‘rsatib berishga majbur emas;
barcha xizmatga jalb etilayotgan xodimlar mobil kameradan foydalangan holda xizmat o‘taydilar. YPX xodimining mobil kamerasiz xizmat o‘tashiga yo‘l qo‘yilmaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 18-bandiga asosan yo‘l harakati qatnashchilari xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga egalar.
“Ko‘rinib turibdiki, amalga oshirilayotgan bu sa'y-harakatlarning barchasi birinchi navbatda siz uchun, sizning xavfsizligingiz va qonuniy manfaatlaringizni himoyasi uchun amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, yaratilayotgan sharoitlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishlaringizni, harakatlanish xavfsizligini ta'minlash ishlariga munosib hissa qo‘shishingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Haydovchilar bodikamerasiz YPX xodimiga hujjat ko‘rsatmaslik huquqiga ega bo‘ldi
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

17:21 / 14.09.2022
“Ayblanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashga majbur emas” - advokatlar

17:29 / 06.09.2022
“Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlarida ham bodikamera bo‘lishi kerak” - advokatlar

16:04 / 15.08.2022
Qamoqxona xodimlarining xizmatni bodikameralar bilan o‘tash tartibi belgilandi

15:12 / 03.08.2021