2019 yil 2 yanvar kuni taxminan soat 18:10larda 26 yoşli F.N. boşqaruvidagi Cobalt rusumli avtomaşinasini Buxoro viloyati Peşku tumani “Jongeldi” MFY hududidan ötgan 4R-61-sonli avtomobil yöli böylab, A-380-sonli xalqaro avtomobil yöli tomon boşqarib kelayotgan vaqtida, boşqaruvni yöqotib, yölning öng tomonida töxtab turgan haydovçi, 24 yoşli D.Q.ning boşqaruvida bölgan Cobalt rusumli avtomaşinaning orqa qismiga borib urişi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, natijada haydovçi F.N.ning boşqaruvidagi Cobalt avtomaşina yölovçilari. 49 yoşli Ğ.O. va 43 yoşli D.J.(ayol)lar olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa sodir bölgan joyda vafot etişgan. 

Bundan taşqari, yölovçi, 26 yoşli I.I. olgan tan jarohatlari bilan Gazli şaharçasi markaziy şifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Peşku tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyati işi qözğatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.