2020 yil 3 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda videoyozuv tarqaldi. Unda Samarqand viloyati Iştixon tumani 3-umumiy örta ta'lim maktabi 10-sinf öquvçisi S.Q. 2019 yil 28 dekabr kuni maktab direktori örinbosari uni turtib yuborganligi oqibatida ikkinçi qavatdan yerga yiqilib, tan jarohati olganligini bayon qilgan.

Iştixon tuman prokuraturasining ma'lum qilişiça, 2019 yil 28 dekabr kuni soat 13:00larda voyaga yetmagan S.Q. tuman tibbiyot birlaşmasining qabul bölimiga yopiq KsT, boş miya çayqalişi, öng bilak suyaklarining distal oxiridan yopiq sinib siljişi, çap çakka, çap yonoq va çap köz atrofi yumşoq töqimasining lat yeyişi kabi tan jarohatlar bilan kelgan.

Şifokorlar tomonidan bemorga birinçi tibbiy yordam körsatilib, kasallik tarixi yuritilib, şifoxonaga yotqizilgan.

2020 yil 3 yanvar kuni voyaga yetmagan S.Q.ning otasi Iştixon tumani IIB boşliği nomiga farzandi tan jarohati olganligi holati yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Iştixon tumani IIB tomonidan tergov oldi tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Tekşiriş harakatlari olib borilişi ustidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.