2020 yil 4 yanvar kuni soat 08:10larda, Andijon viloyati Xöjaobod tumani hududida, haydovçi, Farğona viloyati Marğilon şahrida yaşovçi, 1974 yilda tuğilgan M.S. “Mersedes-Bens” rusumli avtomobilida rul boşqaruvni yöqotib, yölning öng tomonidagi temir simyoğoçga urilgan. 

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, natijada yölovçilar, Marğilon şahrida yaşagan, 1975 yilda tuğilgan A.M. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan va Marğilon şahrida yaşovçi, 1964 yilda tuğilgan T.M. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, yöl-transport hodisasi haydovçining transport vositasini boşqariş vaqtida uxlab qolişi, buning natijasida rul boşqaruvini yöqotib, yöl çetidagi temir simyoğoçga urilişi oqibatida sodir bölgan.

“Hurmatli haydovçilar, transport vositasini kuçli toliqiş holatida boşqariş haydovçi va yöl harakatining boşqa qatnaşçilari hayoti va soğliği uçun xavfli ekanligini unutmang. Transport vositasini boşqariş vaqtida toliqişni sezdingizmi uni tezda töxtating, avtomobildan tuşib biroz toza havodan nafas oling. Biroz dam olgaç harakatlanişda davom ettiring”, - deyiladi YHXBB ma'lumotida.