Tokio okrug prokuraturasining tergov bölimi Nissan avtokonserni sobiq rahbari Karlos Gonning xotini Karol Gonni hibsga oliş uçun orderga ega böldi. U yolğon guvohlik berişda ayblanmoqda. Bu haqda Kiodo agentligi xabar berdi.

Prokuratura Karol Gonni 2019 yil aprelda yolğon guvohlik berganlikda ayblamoqda. Ayol Yaponiyani ötgan yilning bahorida tark etgandi.

Karlos Gon va uning "öng qöli" Greg Kelli 2018 yil 19 noyabrda daromadlarni yaşirişda ayblanib hibsga olingandi. 

Ötgan yil bahorda Gon 1,5 milliard iyen (14 million dollar) garov evaziga mamlakatni tark etmaslik şarti bilan ozodlikka çiqarilgandi. 2020 yil bahorida sudlanişi kutilayotgan Gon 30 dekabrda Livanga qoçib ketdi.