Bu prezidentning PQ-4547-son va PQ-4548-son qarorlarida bayon etilgan, deb yozmoqda Norma.

Quyidagi xalqaro şartnomalar töğrisida söz bormoqda:

2006 yil 28 noyabr kuni Minsk şahrida MDH davlatlari rahbarlari kengaşi yiğilişida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi-davlatlarining gumanitar hamkorlik böyiça kengaşi töğrisidagi bitim. Özbekiston madaniyat vazirligi uşbu hujjatni amalga oşirişda mas'ul, vakolatli organ hisoblanadi;

2008 yil 10 oktabr kuni Bişkek şahrida MDH davlatlari rahbarlari kengaşi yiğilişida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi iştirokçi-davlatlarining hududlararo va çegara oldi hamkorligi böyiça kengaşi töğrisidagi bitim. Uşbu hujjatning Özbekistonda amalga oşirilişi uçun Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (vakolatli organ) mas'uldir.
 
Mamlakat TIV mazkur xalqaro şartnomalar kuçga kirişi uçun Özbekiston tomonidan zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilganligi haqidagi tegişli bildirişnomani depozitariyga yuboradi.
 
Hukumat hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnomalar kuçga kirganidan keyin davlatning majburiyatlari bajarilişi ustidan nazorat yuritişlari lozim.