Saudiya Arabistoni hukumati AQŞ, Buyuk Britaniya va şengen vizasiga ega xorijliklarning mamlakatga vizasiz kirişiga ruxsat bermoqda.
Saudi Gazette xabariga köra, bunda Qöşma Ştatlar, Buyuk Britaniya va şengen zonasining turistik va biznes safariga oid vizasi haqida gap ketmoqda.
Ya'ni endilikda bunday viza sohiblari, qaysi davlat fuqarosi ekanidan qat'i nazar, Saudiya Arabistoniga kira oladi.
Sayyohlar bu uç vizadan biri orqali Saudiya Arabistoniga kirişlari uçun viza bergan davlat hududiga kamida bir marta borgan bölişlari va Saudiya Arabistonini tark etayotgan paytda vizaning amal qiliş muddati tugamagan bölişi kerak.
Gulf Business'ning qayd etişiça, hozirda 49ta davlat fuqarolari elektron tartibda Saudiya Arabistoniga kiriş vizasini oliş huquqiga ega. Yangi tartib mamlakatga sayohlar oqimini oşiriş çoralaridan biri sifatida joriy qilinyapti.
Ma'lumot uçun, şengen vizasi – Yevropa Ittifoqiga a'zo 28 davlatdan 26tasiga kiriş huquqini beradi.

















