Yaponiyaning Sawada Holdings kompaniyasi Asia Alliance bank kapitaliga investitsiya kiritadi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston prezidentining 2019 yil 28 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasi va Yaponiya örtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori 3-ilovasida yaponiyalik hamkorlar bilan amalga oşiriladigan loyihalar tasdiqlangan.
2019 yilning dekabr oyida Yaponiyaga amalga oşirilgan rasmiy taşrif doirasida mazkur ilovaning 37-bandida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi va Yaponiyaning Sawada Holdings kompaniyasi eng yirik mulkdori ta'sisçiligidagi H.I.S. Co. LTD kompaniyasi tomonidan Asia Alliance bank kapitaliga investitsiya kiritiş yuzasidan kelişuv imzolangan.
Bildirilişiça, bugungi kunda investor tomonidan bankning moliyaviy holati örganilayotgan bölib, uşbu jarayon yakunlangaç, narx böyiça qöşimça muzokaralar olib boriladi.
Yakuniy bitim imzolanganidan söng, ma'lumotlar ommaviy axborot vositalari, agentlikning rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoği orqali e'lon qilinişi aytiladi.

















