Nissan kompaniyasining sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan qoçib ketgandan keyin ilk bor omma oldida körindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Gon Livan poytaxti Bayrutda matbuot anjumani ötkazdi va Yaponiyadan qoçişining sababini tuşuntirdi. Uning ta'kidlaşiça, Yaponiyada unga qöyilgan ayblovlar asossiz bölgan. U özini adolatsiz yapon tizimi qurboni deb atagan. 

Gon Yaponiya prokurorlari va Nissan top-menejyerlarini unga qarşi til biriktirişda ayblab, siyosiy ta'qibdan qutuliş uçun qoçganini aytgan.

Gonga matbuot anjumani vaqtida rafiqasi Kerol Gon hamrohlik qilgan. Yaponiya sudi Kerol Gonni ham javobgarlikka tortmoqçi.

Yaponiyada uy qamoğida uşlangan Gon Kunçiqar mamlakatdan yaşirinça olib çiqilib, 31 dekabrda Livanga yetkazilgan. Livan fuqaroligiga ega bölgan Gon Livan prezidenti Mişel Naim Aun bilan uçraşib, undan xavfsizlik kafolatini olgan.    

Gon Yaponiyada 80 mln dollarlik daromadni yaşirişda ayblangan va 4 oy hibsda uşlab turilgan. 2019 yil mart oyida u 8,9 mln dollar garov puli evaziga ozodlikka çiqarilgandi. Gon öziga qöyilayotgan ayblovlarni rad etib keladi.