Maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Muhokama uchun e'lon qilingan hujjat loyihasiga ko‘ra, Maktabgacha ta'lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab-internatlarida bolalarni saqlash uchun to‘lovlar tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali, pul o‘tkazish va elektron to‘lov yo‘li bilan) to‘lanadi. Bunda to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi maktabgacha ta'lim tashkiloti yoki maktab-internatiga taqdim etiladi, elektron to‘lov bundan mustasno.
Elektron to‘lov orqali to‘lov amalga oshirilganda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatiga yoki maktabgacha ta'lim tashkiloti va maktab-internati rahbariga to‘lov amalga oshirilganligi to‘g‘risida xabar beriladi.
To‘lov amalga oshirilganda to‘lov hujjatida tarbiyalanuvchining ismi sharifi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.”
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“Maktabgacha ta'lim tashkilotida bola ta'minoti uchun to‘lovning bir kunlik qiymati bir oylik to‘lov miqdorini shu oy mobaynidagi ish kunlari soniga (tashkilot haqiqatda ishlagan kunlari soniga) bo‘lish orqali aniqlanadi.”
Nizomga ilova esa quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan bolalarning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlari ro‘yxati
1. Nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi).
2. Eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II – IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik).
3. Ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlik (amovroz); tug‘ma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, tomir qatlami va to‘r pardaning rivojlanishidagi tug‘ma nuqsonlar; ko‘rish nervining atrofiyasi, ko‘rish nervi disk va makulasining og‘ir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya ko‘rish o‘tkirligi 0,4gacha); katarakta (markaziy zonada to‘liq yoki qisman xiralashish, ko‘rish o‘tkirligi 0,4gacha), afakiya (ko‘z gavhari yo‘qligi, ko‘rish o‘tkirligi 0,4gacha), ko‘z gavhari siljishi (joy o‘zgarishi); glaukoma (tug‘ma, ikkilamchi); to‘r pardaning ko‘chishi).















