Şahzoda Harri va uning rafiqasi Megan qirollik oilasi bilan boğliq asosiy vazifalardan xalos böliş va moliyaviy mustaqillikka intilişmoqda. Bu haqda Sasseks gersogi va gersoginyasining instagramdagi sahifasida e'lon qilingan.

Juftlik «monarxiya institutidagi yangi progressiv rol» yaratiş, şuningdek, navbati bilan Buyuk Britaniya va AQŞda yaşaşini va moliyaviy mustaqillikka erişiş niyatida ekanligini aytgan.

Ular qiroliça Yelizaveta II’ni «har tomonlama qöllab-quvvatlaş»da davom etişni rejalaştirişgan.

Harri va Meganning sözlariga köra, qaror bir neça oylik tahlil va muhokamalardan söng qabul qilingan. 

Sentabr oyida ular doimiy diqqat markazida böliş qançalik qiyinligini aytişgandi.

«Sizlarning ayniqsa sönggi bir neça yil içidagi qöllab-quvvatlaşingiz bilan, biz bunday özgarişga tayyormiz deb öylaymiz».

«Ikki qit'ada yaşaş öğlimizni qirollik an'analariga hurmat bilan tarbiyalaşga, şu bilan bir qatorda oilamizning şaxsiy maydonini kengaytiriş va hayotning yangi bosqiçiga e'tiborni jamlaş imkoniyatini beradi, uning bir qismi esa xayriya jamğarmasini taşkil etişdan iborat böladi», deyiladi ularning bayonotida.

Bukinghem saroyiga köra, şahzoda Harri va Megan bilan muzokaralar dastlabki bosqiçda. «Biz ularning özlari xohlagan yölda borişni istaşlarini tuşunamiz, ammo bularning barçasi hal etilişi uçun vaqt kerak bölgan murakkab masalalardir», deyiladi bayonotda. 

Oktabr oyida ITV telekanali Harri va Megan bilan katta intervyu namoyiş etgan, unda birdaniga saroy oilasi önlab yillar davomida jim bölib kelgan ikki mavzu — tabloidlarning qirol oilasi a'zolari hayotiga aralaşişi va qirollik oilasidagi özaro munosabatlarga töxtalib ötilgandi. 

Xususan, Megan homiladorlik paytida uning har bir qadamini tanqid qilgan sariq matbuotdan xafa bölgani haqida gapirgan.

«Aqlga emas, yurakka tayanib»

Bukinghem saroyining sobiq matbuot kotibi Diki Arbiter şahzoda Garri öz aqliga emas, yurak xohişiga böysunib qaror qabul qildi, deb hisoblamoqda.