Özbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro şartnomalarga qöşiliş töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga köra, Özbekiston quyidagilarga:
Xavfli yuklarni xalqaro yöllarda taşiş töğrisidagi Yevropa bitimiga (1957 yil 30 sentabr, Jyeneva);
1957 yil 30 sentyabrdagi Xavfli yuklarni xalqaro yöllarda taşiş töğrisidagi Yevropa bitimining 1-moddasi a) bandiga hamda 14-moddasi 1 va 3 b) bandlariga tuzatişlar kiritiş töğrisidagi bayonnomaga (1993 yil 28 oktabr, Jyeneva) qöşildi.
Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Içki işlar vazirligi yuqorida körsatilgan xalqaro şartnomalarni amalga oşiriş yuzasidan mas'ul vakolatli organlar etib belgilandi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Respublikasining mazkur xalqaro şartnomalarga qöşilişi hamda ularni amalga oşiriş uçun mas'ul bölgan vakolatli organlar haqidagi tegişli bildirişnomani depozitariyga yuboradi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnomalar Özbekiston Respublikasi uçun kuçga kirganidan keyin Özbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilişi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

















